Foto: Getty Images
Kaliforniya politexnika universiteti olimlari qushlarning sayrashi insonning kayfiyatini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilishini aniqladi, bunda u «jonli sayrashi» ham shart emas, deb xabar beradi Independent.
Olimlar Boulder ochiq maydoni va Kolorado tog‘ parkidagi ikkita yo‘lakka kolonkalarni yashirib qo‘yib tajriba o‘tkazgan. Bir necha hafta davomida ular chug‘ur-chug‘urlar ovozini yoqib qo‘ygan, shundan so‘ng ushbu marshrut bo‘ylab harakatlangan sayyohlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan.
«Qushlarning sayrashini eshitganlar qo‘chimcha ovoz hamrohligisiz sayr qilganlarga nisbatan o‘zini yaxshi his qilayotgani va baxtli ekanligini ma’lum qildi», — deydi tajriba muallifi.
Tadqiqotda ishtirok etgan biolog Klinton Frensisning so‘zlariga ko‘ra, kerakli natijaga erishish uchun qushlarning 7—10 daqiqa sayrashi kifoya qilgan.
Shuningdek, olimlar yana bir detalga e’tibor qaratgan — ushbu tabiat qo‘ynidagi hududda boshqa yerdagiga qaraganda ko‘proq turdagi qushlar yashayotgandek tuygan insonlar o‘zlarini yaxshiroq his qilgan.
«Olingan natijalar bog‘larning menejerlari antropogen shovqin ifloslanishini kamaytirishi lozimligini ko‘rsatadi. Bu tashrif buyuruvchilarning taassurotlarini nafaqat yorqinroq bo‘lishiga xizmat qiladi, balki yovvoyi tabiatga ham foyda keltirishi mumkin», — deydi tajriba rahbarlaridan biri Daniel Ferraro. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Olimlar nima sababdan ba’zi hayvonlar koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligini aniqladi

Olimlar: koronavirus odam organizmiga moslashib oldi, endi yuqishi tezlashadi

Olimlar nima uchun koronavirusdan ko‘proq yevropaliklar aziyat chekayotganini aniqladi

Olimlar koronavirus qanday haroratda yashay olishini aniqladi

Ommaviy qirilish. Dinozavrlardan so‘ng navbat qaysi jonzotga keldi?

Meva va sabzavotlar inson kayfiyatini yaxshilashi aniqlandi