1 850
AQSHda koronavirusga emlangan hamshira televideniyedagi jonli efir vaqtida hushidan ketib qoldi (video)

Foto: «Korrespondent.net»
AQSHning Tennessi shtatidagi CHI Memorial shifoxonasida 17 dekabr kuni hamshira koronavirusga qarshi emlashdan keyingi matbuot anjumani vaqtida hushidan ketib qoldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Tennessida CHI Memorial shifoxonasining xodimlarida Pfizer kompaniyasining vaksinasi bilan birinchi emlash amalga oshirildi. Matbuot anjumani vaqtida hamshira Tiffani Dover hushidan ketib qoldi.
COVID-19’ga qarshi vaksina qabul qilinganidan, taxminan, 17 daqiqa o‘tgach, hamshira bosh aylanishini his qilgan, uzr so‘ragan va hushini yo‘qotgan.
«Men o‘zimni biroz yomon his qildim, biroq endi yaxshiman, qo‘limdagi og‘riq ham o‘tib ketdi», — deya ma’lum qilgan hamshira keyinroq.
Hamshira biroz vaqtdan keyin jurnalistlar bilan yana gaplashgan hamda og‘riqni his qilganda tez-tez hushdan ketishini va bu uning uchun odatiy holat ekanligini aytgan.
CHI Memorial shifokorlarining ma’lum qilishicha, hamshiraning hushidan ketishi vaksina bilan bog‘liq bo‘lmagan. Kasalliklar nazorati markazi ham hushdan ketish barcha emlash turlari uchun kamyob hodisa emasligini va ko‘pincha bezovtalik yoki og‘riq natijasida yuz berishini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

WATCH: Nurse passes out on live TV after taking vaccine in Chattanooga, Tennessee. Nurse Manager Tiffany Dover was okay and spoke again with local station WTVC, saying she has a condition where she often faints when she feels pain.
— Breaking911 (@Breaking911) December 18, 2020
“It’s common for me,” she said. pic.twitter.com/wqUhX577vc
«Men o‘zimni biroz yomon his qildim, biroq endi yaxshiman, qo‘limdagi og‘riq ham o‘tib ketdi», — deya ma’lum qilgan hamshira keyinroq.
Hamshira biroz vaqtdan keyin jurnalistlar bilan yana gaplashgan hamda og‘riqni his qilganda tez-tez hushdan ketishini va bu uning uchun odatiy holat ekanligini aytgan.
CHI Memorial shifokorlarining ma’lum qilishicha, hamshiraning hushidan ketishi vaksina bilan bog‘liq bo‘lmagan. Kasalliklar nazorati markazi ham hushdan ketish barcha emlash turlari uchun kamyob hodisa emasligini va ko‘pincha bezovtalik yoki og‘riq natijasida yuz berishini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQSHda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Putin Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachondan boshlanishini aytdi

Sotuvchi shahzoda Charlz bilan suhbatlashib turib hushidan ketdi (video)

Koronavirusga chalingan bemorni qutqarishga uringan hamshira o‘zi vafot etdi

Rossiyalik hamshira: «Ertalab hamma bilan birga choy ichib o‘tirgan bemorning o‘pkasi tushdan so‘ng bir uyum axlatga aylandi-qoldi»

Erdo‘g‘an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi