11:11 / 20.12.2020
2 106

Xitoyda Oydan yetkazilgan tuproq namunasi o‘lchandi

Xitoyda Oydan yetkazilgan tuproq namunasi o‘lchandi
Foto: Sinxua
Xitoyning “Chan’e-5” zondi Oydan Yerga yetkazgan tuproq namunasi o‘lchanib, Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Xou Szyangoga topshirildi.
19 dekabrda o‘tgan tantanali marosimda Xitoy milliy koinot boshqarmasi (CNSA) rahbari Chjan Ketszyan Oydan keltirilgan tuproq namunasini Szyangoga topshirgan. Tuproq og‘irligi o‘lchanganda 1731 gramm chiqqan.

Marosimda Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe ham ishtirok etgan. U “Chan’e-5”ning missiyasini Xitoyning aerokoinot sohasidagi qudratini oshirishdagi muhim davr deb atagan.

Tuproq so‘ngra Fanlar akademiyasi qoshidagi Davlat astronomik observatoriyasining laboratoriyasiga berilgan. Endilikda olimlar namunalarni saqlash, tahlil qilish va o‘rganish bilan shug‘ullanishadi.

17 dekabrda “Chan’e-5” zondi moduli Yerga Oydan olingan tuproq namunalari bilan qaytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda Oydan yetkazilgan tuproq namunasi o‘lchandi