Kadr: YouTube
YouTube’dagi Cleetus McFarland kanalida noodatiy tajriba tasvirlangan qiziqarli video paydo bo‘ldi. Unda amerikalik blogerlar Chevrolet Corvette’ning turbokompressorini go‘sht maydalagichga aylantirgan.
Blogerlar tajriba sifatida 1300 ot kuchiga ega Chevrolet Corvette dvigatelidan foydalangan. Bu kabi agregatga ega sportkar chorak mil masofani (402 metr) yetti soniyada bosib o‘tadi. Bunga, albatta, daqiqasiga 300 ming marotaba aylanadigan Precision Turbo turbokompressori sababchi. Aynan undan go‘sht maydalagich sifatida foydalanib ko‘rilgan.
Avvaliga noodatiy «maydalagich»ga yeguliklar tashlangan: bananlar, olma, shirinliklar, sosiska, pechene va dudlangan kolbasa. Shundan so‘ng rolik mualliflari jarayonni murakkablashtirish uchun trubinada silikon ko‘krak implantlarini maydalashga uringan. Ulardan birining hajmi 175 kub santimetrga teng bo‘lib, «go‘sht maydalagich» uni bir zumda maydalab tashlagan. Ikkinchisi esa kattaroq — 600 santimetr kub bo‘lib, uni trubinaga bir necha bor tiqishga to‘g‘ri kelgan. Natijada u «qiyma»ga aylangan.
Qiziq jihati, maydalangan yegulik va implantlarni san’at asari sifatida auksionda sotish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQSH politsiyasi Chevrolet avtosalonida sodir etilgan o‘g‘irlik lavhasi bilan bo‘lishdi

AQSH go‘sht bozorida vaziyat keskinlashdi

Britaniyalik musiqachi: «Biz ko‘p go‘sht yeganimiz sabab koronavirus pandemiyasi boshlandi»

Eng serdaromad Youtube-blogerlar reytingi e’lon qilindi

Kosmosda go‘sht narxi necha pul?

AQShlik fermer go'sht sotadigan avtomat joylashtirilgan do'konlar tarmog'ini ochmoqda