00:23 / 21.12.2020
5 291

Milliarderning o‘g‘li mashinada tiriklay yonib ketdi (video)

Milliarderning o‘g‘li mashinada tiriklay yonib ketdi (video)
Foto: «Evo-rus.com»
Konnektikut shtatining Grinvich shahrida dunyodagi eng yirik xej-fondlardan biri bo‘lgan «Bridgewater Associates» asoschisi, amerikalik milliarder Rey Dalioning o‘g‘li dahshatli avtohalokat natijasida olamdan o‘tdi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 42 yoshli Devon Dalio o‘zining «Audi» rusumli avtomashinasida do‘konning ichiga kirib ketgan.

Mashina devorlardan birini teshib qo‘ygan. Zarba kuchidan benzin baki portlab ketgan va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishgan, ammo haydovchini qutqarib qolisholmadi.

72 yoshli milliarder o‘g‘lining o‘limini tasdiqlab, ushbu fojia oilada katta qayg‘uga sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Rey Dalio dahshatli avtohalokat 18 dekabr kuni sodir bo‘lganligini ta’kidlagan.

Devon Dalio «P-Squared Management Enterprises» xususiy investitsiya kompaniyasining hammuassisi bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i, qizi, ota-onasi va uchta akasi bor edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Milliarderning o‘g‘li mashinada tiriklay yonib ketdi (video)