Zamonaviy va zargarlik buyumlarini yaratadigan iste’dodli dizayner, mashhur Tiktoker Isayya Garza ko‘p yillar davomida xayriya tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. U daromadining bir qismini kam ta’minlangan odamlar ehtiyojlariga, shuningdek odam savdosi qurbonlarini himoya qilish jamiyatlariga ajratadi.
Dizayner TikTokda boshpanasiz va ijtimoiy og‘ir ahvoldagi odamlar bilan muloqotini, ularga moddiy yordam berishini, oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni tarqatishini namoyish etadi.
Yaqinda yigit muxlislarini yana bir bor hayratlantirdi. Nafaqat muxlislarini balki.... Bir kuni Isayya Garza 10 yildan beri uysiz ayol Robinni uchratib qoldi va unga sovg‘a solinadigan ixchamgina qog‘oz paket taqdim etdi. Daydi ayol Robin paketning ichidan yegulik va shirinliklar chiqishini o‘ylagani uchun paketni ochib nima deyishini bilmay qoldi.
Paketning ichida dizayner unga ijaraga olgan kvartiraning kalitlari bor edi. Tiktoker turar joy uchun ikki yil oldindan pulni to‘lagan va shuncha muddat bu ayol uyda hech qanday to‘lovni o‘ylamasdan yashashi mumkin.
Boshpanasiz ayol bundan buyon uning qulay, shinamgina boshpanasi borligini darhol anglamadi va u dizayner bilan uyga kirganlaridan keyingina bunga ishondi. Sobiq uysiz ayolni bu sovg‘adan tashqari yana boshqa hadya — davolanishi, mashina sotib olishi va ishga joylashishi uchun mablag‘ ajratilgani hayotini boshidan boshlashi uchun turtki bo‘lishi shubhasiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQShlik haydovchi musulmon deb o‘ylagani uchun piyodalarni bosib ketgan

6 yoshli qizcha kun davomida uysizlarga oziq-ovqat va pul tarqatdi

Shvetsiyalik boshpanasiz "boyvachcha" haqida...

AQSHlik yigit kuryerlar ko’magida uysiz odamlarga sovg’alar ulashdi

Britaniyalik dizayner dunyodagi eng qimmat poyabzalni ishlab chiqdi

Hindistondagi zilzila oqibatida 2 ming kishi boshpanasiz qoldi