20:42 / 21.12.2020
3 427

Koronavirusni yo‘q qiladigan yana bir tabiiy vosita aniqlandi

Koronavirusni yo‘q qiladigan yana bir tabiiy vosita aniqlandi
Foto: «Zen.yandex.com»
Essen universitet klinikasining olimlari qizilmiya ildizi tarkibidagi glitsirrizin kislotasining koronavirusni yo‘q qilish xususiyatini aniqladilar. Tadqiqot natijalari «bioRxiv»da chop etilgan.

Laboratoriya tekshiruvlari chog‘ida olimlar qizilmiya ildizi ekstraktini tayyorlab, koronavirusga ta’sirini sinab ko‘rdilar.

Qizilmiya ildizining suvli ekstrakti neytrallash ta’sirini ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich o‘simlik choyidan ko‘ra pastroq. Tadqiqot mualliflari o‘simlik choyi koronavirusni davolashda samarali vosita ekanligini taxmin qilmoqda.

Antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan glitsirrizin kislotasining virusga qarshi kurashish xususiyati avval ham oddiy gerpes va boshqa viruslarda isbotlangan.

Tadqiqot mualliflari koronavirusga qarshi terapevtik ta’sirini isbotlash uchun qizilmiya ildizi va, jumladan, glitsirrizin xususiyatlarini batafsil o‘rganish kerakligini ta’kidlashmoqda. Ushbu moddaning xavfsizligi va yengil qabul qilinishi allaqachon aniqlangan.

Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni qamrab oldi. Yer yuzida qariyb 77 million kishi infeksiyani yuqtirgan, ulardan 1,7 millionga yaqini vafot etgan. Eng ko‘p kasallanish holatlari AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qariyb 76 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 73 mingtasi tuzalib, 600 dan ziyod bemor vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusni yo‘q qiladigan yana bir tabiiy vosita aniqlandi