Foto: «Verona09.ru»
Yapon olimlari koronavirus infeksiyasining og‘ir kechayotganini qanday bilish mumkinligini tushuntirdilar. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida paydo bo‘ldi.
Aniqlanishicha, bemorning ahvoli qonidagi RNK virusi miqdoriga bog‘liq. Burun-halqumdan sinama olib, PZR-test o‘tkazilganda shifokorlar organizmda COVID-19 borligini aniqlashi mumkin. Kasallik alomatlari paydo bo‘lgandan keyin bir necha kun davomida yuklama yuqori bo‘ladi. 2-3 hafta o‘tgach, u pasayadi va infeksiyani aniqlash qiyinlashadi.
Toyama universiteti va Toyama sog‘liqni saqlash instituti tadqiqotchilarining ma’lumot qilishicha, kasallik kechishi to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun burun-halqumdagi emas, aynan qondagi virusga e’tibor qaratish kerak. Ular 56 nafar bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib, qon tahlili bilan PZR testlarining natijalarini taqqoslab chiqdilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ahvoli og‘ir deb baholangan barcha bemorlarning qonida virusning RNKsi kuzatilgan, og‘ir ahvolda bo‘lgan odamlarda u 50%, o‘rtacha holatlarda 4% qayd etilgan, yengil va alomatsiz hollarda esa umuman kuzatilmagan.
Olimlarning ta’kidlashicha, qon tekshiruvi har bir bemor uchun eng maqbul muolajani tanlashga, o‘ta og‘ir holatlarda esa bemorning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Shu munosabat bilan mutaxassislar ushbu tadqiqot odatdagi PZR testlaridan tashqari amalga oshirilishini maslahat berishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Koronavirusdan o‘lim darajasini ancha pasaytiradigan vitamin nomi oshkor qilindi

«COVID-19»ning og‘ir shakli: organizmga nima yetishmasligi aniqlandi

Koronavirus bilan og‘rigan bemorning o‘limiga sabab bo‘luvchi anomal patologiya aniqlandi

Olimlar koronavirusni uy sharoitida aniqlash mumkin bo‘lgan test ishlab chiqdilar

Koronavirusning yangi simptomlari ma’lum qilindi

Hid va ta’m bilish sezgisining yo‘qolishi ham koronavirus yuqtirganlik alomatimi?