11:55 / 22.12.2020
2 102

Botir Qobilov: Pandemiya ustidan g‘alabaga byurokrat rahbarlar emas, muhojir olimlar tufayli erishilmoqda

Botir Qobilov: Pandemiya ustidan g‘alabaga byurokrat rahbarlar emas, muhojir olimlar tufayli erishilmoqda
Koronavirusga qarshi vaksina borasida muvaffaqiyatga erishayotgan olimlar ichida muhojirlar soni salmoqli. Bu haqda AQSHning Garvard universiteti tadqiqotchisi, iqtisodchi Botir Qobilov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

«Pandemiya ustidan g‘alaba hech qanday byurokrat, rahbar, boshliq yoki mutasaddi tashkilot sababli deb bo‘lmaydi. Aksincha, ularning ayrimlari xalaqit qiladi faqat.

Moderna’ning vaksinasi Vengriyada tug‘ilgan olim Katalin Kariko tomonidan yaratilgan texnologiya asosida ishlaydi. Moderna’ning ta’sischilaridan biri Livanda tug‘ilgan. Pfizer vaksinasi Germaniyadagi turk muhojirlari Ug‘ur Shaxin va Ozlem Turesi tomonidan yaratilgan va o‘sha vaksinani bozorga olib chiqishda kompaniya bosh direktori (CEO) Albert Burla katta rol o‘ynadi, u esa gretsiyalik muhojir.

O‘zingizga savol bering: o‘sha venger, grek, turk o‘z vatanlarida shu narsalarni amalga oshira olarmidi? Vaqt bilan misli ko‘rilmagan poygada g‘olib bo‘lisharmidi, ya’ni vaksinani bir yildan kam muddatda bozorga chiqarisharmidi? Albatta yo‘q
», – deydi Botir Qobilov.

Uning aytishicha, AQSHda biotexnologiya sohasida ishlaydiganlarning uchdan biri xorijda tug‘ilgan mehnat muhojirlariga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, ilm-fan, innovatsiya nafaqat AQSHda, balki aksariyat rivojlangan mamlakatlarda aynan immigrantlar yordami bilan rivojlanadi.

«Innovatsiya kerak. Lekin innovatsiya bo‘lishi uchun xilma-xillik kerak. Odamlar, fikr va g‘oyalar xilma-xilligi o‘zgacha yondashuv va progressga imkon beradi.

Va eng muhimi – erkinlik kerak. Inson erkinligi, uning fikrlash erkinligi va hech qanday mayda-chuyda muammolar, tashvishlar, qog‘ozbozlik va buyruqlar bilan chalg‘itmaydigan muhit kerak
», – deb yozdi Botir Qobilov o‘zining Telegram’dagi kanalida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Botir Qobilov: Pandemiya ustidan g‘alabaga byurokrat rahbarlar emas, muhojir olimlar tufayli erishilmoqda