23:55 / 22.12.2020
3 147

Bunaqasi 800 yilda bir marotaba sodir bo‘ladi. Yupiter va Saturn maksimal darajada bir-biriga yaqinlashdi (foto)

Bunaqasi 800 yilda bir marotaba sodir bo‘ladi. Yupiter va Saturn maksimal darajada bir-biriga yaqinlashdi (foto)
Monumentning o‘ng tarafidagi ikki nuqta Yupiter va Saturn — 17 dekabrda olingan surat
Foto: NASA

21 dekabrda Yupiter va Saturn salkam 800 yildan buyon ilk marotaba maksimal darajada yaqinlashishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Ikki sayyoraning yaqinlashuvi taxminan 17 dekabr kuni boshlangan. Faqatgina hozirga kelib ular Yerdan turib qaraganda bitta nuqtadek ko‘rinish olgan.

Ikki sayyoraning bu kabi yaqinligi Yerdan turib so‘nggi bor 794 yil oldin kuzatilgan — 1226 yilning 4 martida. O‘shanda ular orasidagi masofa ikki burchak daqiqasini tashkil etgan.

Astronomlarning aniqlik kiritishicha, ikki sayyora har 20 yil bir-biriga yaqin masofaga keladi. Ammo ular bir-biriga kamdan kam holatda bu darajada yaqinlashadi. Keyingi yaqinlashuv 2080 yilning 15 martida sodir bo‘ladi.

2020 yilning dekabrida sayyoralar juda yorqin ko‘rinish olgani ham bunga qo‘shimcha qiymat bag‘ishlagan. Ularni «qurollanmagan» ko‘z bilan ko‘rish va smartfon kamerasi yordamida suratga olishning imkoni bo‘lgan. Hi-Tech-Mail.ru ushbu koinot hodisasi tasvirlangan yorqin suratlarni to‘plab, taqdim etdi.
[media=https://www.instagram.com/p/CJErrBZhBRO/?utm_source=ig_embed]
[media=https://www.instagram.com/p/CJFoEODjK5P/?utm_source=ig_embed]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bunaqasi 800 yilda bir marotaba sodir bo‘ladi. Yupiter va Saturn maksimal darajada bir-biriga yaqinlashdi (foto)