1 278
Fransiyada koronavirusga qarshi kurashda yordam bergan migrantlarga fuqarolik va’da berilyapti

Foto: «VVS»
Fransiya hukumati mamlakatga COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam bergan migrantlarga fuqarolik berishga qaror qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Fransiya Ichki ishlar vazirligi sog‘liqni saqlash xodimlari, farroshlar va do‘kon ishchilari uchun tezlashtirilgan fuqarolikka qabul qilish tartibini boshlaganligini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 700 dan ortiq odam allaqachon fuqarolikni olgan yoki ushbu jarayonning so‘nggi bosqichida turibdi. Hammasi bo‘lib 2890 ga yaqin ariza kelib tushgan.
Odatda Fransiya fuqaroligini olish uchun mamlakatda besh yil yashash, shuningdek, barqaror daromad va fransuz jamiyatiga qo‘shilish talab etiladi. Biroq koronavirusga qarshi kurashda oldingi chiziqlarda harakat qilgan migrantlar jamiyat oldidagi «buyuk xizmatlari» uchun minnatdorchilik ramzi sifatida Fransiyada ikki yil yashagandan so‘ng fuqarolikni olishlari mumkin.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada qariyb 2,5 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Umuman olganda, kasallik tufayli yuzaga kelgan asoratlar natijasida 62 mingga yaqin kishi vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Fransiyada masjidlar tekshirilmoqda. Ulardan ba’zilari yopilishi mumkin

Fransiyada koronavirusga chalingan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘ldi

Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda «hal qiluvchi palla» kelgani ma’lum qilindi

Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

Fransiya hukumati Parijda bo‘lib o‘tgan teraktdan so‘ng ming kishiga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘ydi