22:55 / 23.12.2020
2 930

Tailandlik erkak fil bolasining yuragini massaj qilib, uning hayotini saqlab qoldi (video)

Tailandlik erkak fil bolasining yuragini massaj qilib, uning hayotini saqlab qoldi (video)
Foto: ViralPress
Tailandda Mana Shrivat ismli qutqaruvchi ishdan so‘ng uyiga qaytish vaqtida motosikl urib yuborgan filga duch kelgan. Erkak to‘xtab, unga yordam ko‘rsatish maqsadida hayvonning yuragini massaj qila boshlagan, deb xabar beradi The Guardian.

Shrivatning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchi sifatida 26 yildan buyon ishlab u bir necha bor nafaqat insonlar, balki hayvonlar hayotini ham saqlab qolgan. Yurak massajini to‘g‘ri qilish uchun erkak avvaliga uning yuragi qayerda joylashganini tasavvur qilgan.

«Filcha harakatlanishni boshlaganida ko‘zimdan yosh chiqib ketay dedi», — deydi Shrivat.

Shundan so‘ng fil bolasi veterinariya kasalxonasiga olib borilgan va unga yordam ko‘rsatilib, keyinroq yana ozodlikka qo‘yib yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandlik erkak fil bolasining yuragini massaj qilib, uning hayotini saqlab qoldi (video)