18:18 / 24.12.2020
2 390

O‘yinchoq mashinada shahar aylanish politsiya bilan muammoni yuzaga keltirdi

O‘yinchoq mashinada shahar aylanish politsiya bilan muammoni yuzaga keltirdi
Foto: Weibo
Xitoyning Syuanchjou shahrida istiqomat qiluvchi ayol shahar bo‘ylab aylanish uchun noodatiy transport vositasidan foydalandi. Gavjum chorrahalardan biriga o‘rnatilgan yo‘l kamerasi mahalliy bog‘lardan biriga qarab harakatlanayotgan o‘yinchoq mashinani tasvirga olgan. Bu kabi «sayr» muvaffaqiyatli yakunlanmagan — pushtirang o‘yinchoq politsiya e’tiborini tortgan, deb xabar beradi Motor.

Kamera tomonidan yozib olingan videoda turli rangdagi chiroqlar bilan bezatilgan plastik avtomobil umumiy foydalanishga mo‘ljallangan yo‘lda harakatlanib, chorrahadan o‘ngga burilganini ko‘rish mumkin. O‘yinchoq avtomobilni Li familiyali ayol boshqargan bo‘lib, ta’kidlanishicha, u mahalliy o‘yinchoq do‘konlarning birida ishlaydi.

Lining tushuntirishicha, uning boshlig‘i mashinani bog‘ga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan, o‘yinchoq mashina u yerda dam oluvchilar uchun ijaraga berilishi kerak bo‘lgan. Vaqt va pulni tejash maqsadida ayol belgilangan joyga mustaqil yetib olishga qaror qilgan.

Biroq u yo‘lni nazorat qilayotgan politsiyachilarga duch kelgan. Lining so‘zlari ularni qoniqtirmagan: beparvoligi uchun xitoylik ayolga hayfsan berilgan, o‘yinchoq mashina esa musodara qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘yinchoq mashinada shahar aylanish politsiya bilan muammoni yuzaga keltirdi