Foto: «Forbes»
Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatida yetakchi o‘zgardi. Reytingning eng yuqori pog‘onasiga NLMK hamraisi egasi Vladimir Lisin ko‘tarildi. Shu paytgacha birinchi o‘rinni egallab kelgan «Nornikel» rahbari Vladimir Potanin esa ikkinchi o‘ringa tushib ketdi, deb yozadi «Forbes».
Lissinning boyligi 258 million dollarga (taxminan 1 foizga) ko‘paydi va maqola yozilayotgan paytda 26,1 milliard dollarga yetgan. Potaninning boyligi esa 342 millionga (taxminan 1,3 foizga) kamayib, 26 milliardni tashkil etdi.
Novolipetsk metallurgiya zavodi aksiyalari narxining oshishi tufayli Lisin birinchi o‘rinni egalladi. Hafta boshidan buyon NLMK aksiyalari qariyb 6 foizga qimmatlashdi. Masalan, 21 dekabrda har bir aksiya uchun 206,5 rublga baholangan bo‘lsa, 24 dekabrda qariyb 219 rublgacha ko‘tarildi. Moskva birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu bilan birga, «Nornikel» aksiyalari biroz arzonlashgan.
«Forbes» reytingidagi uchinchi o‘rinni «Novatek» hamraisi Leonid Mixelson egallagan. Uning boyligi 24 dekabr holatiga ko‘ra 22,7 milliard dollarni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Sukerbergning boyligi bir hafta ichida 5,3 mlrd dollarga ko‘paydi

Oltin sababli Rossiyaning eng boy tadbirkori o‘zgardi

Rossiyaning eng badavlat 5 odami bir kun ichida 6 mlrd dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng boy odami o‘zgardi

Alisher Usmonov eng boy rossiyaliklar reytingida 9-o‘rinni egalladi

Rossiyaning eng boy kishilari 2018 yilda 6 mlrd. dollarga yaqin mablag‘ yo‘qotishdi