10:48 / 27.12.2020
1 625

Moskvadagi davlat xizmatlari markazida insonga o‘xshash robot-konsultantlar ish boshladi

Moskvadagi davlat xizmatlari markazida insonga o‘xshash robot-konsultantlar ish boshladi
Foto: IXBT
Moskva sharqida tashqi ko‘rinishi bilan insonga o‘xshash robot-konsultantlar ishlovchi «Mening hujjatlarim» flagman markazi ishga tushdi, deb xabar beradi IXBT.

Ushbu markazdagi davlat xizmatlaridan Golyanov, Izmaylov, Shimoliy va Sharqiy Izmaylov tumanlari aholisi foydalanishi mumkin. Bu shahardagi to‘rtinchi davlat xizmatlari markazi hisoblanadi. U «Shelkovskiy» ko‘ngilochar-savdo markazining to‘rtinchi qavatida joylashgan.

Flagmanning o‘ziga xosligi u yerda robot-konsultantlar ishlashida — yangi «xodimlar»ning ismi Aleks va Dasha. Ular alohida-alohida xizmat ko‘rsatish oynalariga joylashtirilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarning sog‘lom hayot tarzi, markazdagi xizmatlardan foydalanish, masalan, qanaqa hujjatlar talab etishili, «Mos.ru» portalining qanday ishlashi kabi savollarga javob beradi.

Robo-C modelidagi robotlar Rossiyaning Promobot kompaniyasi tomonidan yaratilgan.

Foto: IXBT
Antropomorf robotlar insonlarning yuz ifodalarini takrorlay oladi: ko‘zlarini, qoshlari, lab va boshqa «mushak»larine qimirlata oladi, muloqot qilib, savollarga javob qaytaradi. Promobot tomonidan yaratilgan texnologiya, shuningdek, patentlangan konstruksiya 600 dan ortiq inson mikromimikasini takrorlashga qodir. Ta’kidlanishicha, bu kabi ko‘rsatkich dunyodagi boshqa biror robotda kuzatilmaydi.

Robot bilan muloqot yagona interfeys orqali amalga oshiriladi: bitta kamera, bitta massiv mikrofot va sensor displey. Robotlar mustaqil yuz va ovozni taniy oladi, so‘ng, muloqotga kirishadi.

Robo-C to‘liq Rossiya texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, ular Permda sun’iy teri texnologiyasidan foydalangan holda yig‘iladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi davlat xizmatlari markazida insonga o‘xshash robot-konsultantlar ish boshladi