Foto: «Sputniknews.com»
Joriy yil 14 dekabr kuni qorbobo qariyalar uyida bir qancha odamga koronavirus yuqtirgani haqida xabar bergandik. Koronavirusga chalingan Santa-Klaus Belgiyadagi qariyalar uyiga tashrif buyurgandan so‘ng muassasadagi 18 nafar odam yangi turdagi infeksiya oqibatida kelib chiqqan asoratlar tufayli vafot etdi, deya xabar berdi «Daily Mail».
Gazetaning yozishicha, pansionat ma’muriyati qariyalar uyidagi bayramdan uch kun o‘tgach «sehrgar»ning kasalligidan boxabar bo‘lishgan. Ma’lumki, uning tashrifidan so‘ng 121 nafar qariya va 36 ta xodim kasallikka chalingan.
Vaziyatni sharhlar ekan, Belgiyaning yetakchi virusologlaridan biri bitta odamning shuncha odamga virusni yuqtirishiga shubha qilmoqda.
Uning fikriga ko‘ra, ommaviy kasallanishga binolarda shamollatish tizimining yomonligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Bundan tashqari, u pandemiya sharoitida yopiq joylarda gavjum odamlar davrasida katta bayram tadbirlarini o‘tkazishni qattiq qoralagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda