20:55 / 27.12.2020
1 058

Dunyodagi eng yolg‘iz fil o‘ziga juft topdi (foto)

Dunyodagi eng yolg‘iz fil o‘ziga juft topdi (foto)
Foto: Phompenh Post
Pokistondan Kambodjaga yuborilganidan so‘ng «dunyodagi eng yolg‘iz fil» deya atalgan Kaavan o‘ziga juft topdi, deb xabar beradi Phompenh Post.

Ta’kidlanishicha, Kaavan uchta urg‘ochi fil yashaydigan qo‘riqxonaga joylashtirilgan. Avvaliga moslashib olishi uchun uni alohida hududda saqlash rejalashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, buning uchun Kaavanga bir necha oy kerak bo‘ladi.

Bu vaqt orasida fil qo‘riqxona hududi bo‘ylab bemalol sayr qilib yurishi mumkin.

«Dastlabki rejamiz uni boshqa yovvoyi hayvonlar kabi oziqlanish va yashashga o‘rgatishdan iborat. Fillar xuddi insonlar kabi hissiyotga beriluvchan hisoblanadi. Kaavan bu yerga kelguniga qadar juftidan ayrilgan va hamon uni sog‘inmoqda. Biroq u bu yerda yashaydigan uchta urg‘ochi fildan biriga qiziqish bildirayotganini ko‘rmoqdamiz», — deydi Kambodja qo‘riqxonasi prezidenti Sok Xong.

Foto: Phompenh Post

Foto: Phompenh Post
Ma’lumot uchun, Kaavan 35 yil Islomoboddagi hayvonot bog‘ida juda og‘ir sharoitda yashagan. 2012 yilda uning jufti Saxeli vafot etgach unda ruhiy buzilish hamda ortiqcha vazn to‘planishi kuzatilgan. 2016 yilda Kaavanni qutqarish bo‘yicha kampaniya paydo bo‘lgan, uning tashabbuskorlari orasida amerikalik taniqli qo‘shiqchi Sher ham bor. 2020 yilning mayida hayvon himoyachilari Pokiston Oliy sudining Islomoboddagi hayvonot bog‘ini yopish va Kaavanni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini chiqarishga muvaffaq bo‘lgan va noyabr oxirida Kaavan Kambodjaga olib kelingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)