10:23 / 28.12.2020
1 994

Turkiyaga boruvchilar uchun yangi talablar e’lon qilindi

Turkiyaga boruvchilar uchun yangi talablar e’lon qilindi
Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 30 dekabrdan Turkiyaga tashrif buyurayotgan yo‘lovchilar uchun yangilangan talablarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra:
  • Turkiyaga tashrif buyurayotgan 6 va undan yuqori yoshdagi aviayo‘lovchilar 30 dekabrdan boshlab, COVID-19 uchun PZR SARS-COV-2 usuli bilan, Turkiya chegarasini kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari ma’lumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini e’lon qildi.
  • PZR SARS-COV-2ga manfiy natijali PZR-testni taqdim etmagan yo‘lovchilar chegarani kesib o‘tishda ko‘rsatilgan (uy, mehmonxona va boshqa) manzil bo‘yicha 7 kunlik karantinga olinadi. Turkiyadagi yashash manzilini ko‘rsatmagan shaxslar, Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan joylarga joylashtiriladi.
  • 7 kunlik karantindan so‘ng PZR-testi musbat natija bergan yo‘lovchilar Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi talablari asosida davolanadilar.

Mazkur choralar 2021 yilning 1 martiga qadar amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaga boruvchilar uchun yangi talablar e’lon qilindi