09:10 / 30.12.2020
2 822

Debatlar avjiga chiqdi. Ayrim nomzodlar Japarovning qarorlarini bekor qilish kerak deyishmoqda

Debatlar avjiga chiqdi. Ayrim nomzodlar Japarovning qarorlarini bekor qilish kerak deyishmoqda
28 dekabr kuni KTRKda prezidentlikka nomzodlar Baktibek Kalmamatov, Klara Sooronkulova, Adaxan Madumarov, Kanat Isayev, Kanibek Imanaliyev va Aymen Kasenovlar orasida debat bo‘lgan. Bu haqda kloop.asia xabar berdi.

Kalmamatov boshqa nomzodlarga «agar ulardan biri prezident bo‘lib saylansa, 5 oktabrdan keyin qabul qilingan qarorlarni bekor qiladimi?» degan savol bergan.

«Ata Meken» fraksiyasining deputati Imanaliyev Qirg‘iziston 7 oktabrdan huquqiy doiradan chiqib, «Afrika davlatlari darajasiga tushib qolganini» ta’kidladi.

«Sadir Japarovni 7 oktabrda premerlikka ko‘rsatilmoqda, Boronov premerlikdan 14 oktabrda ketmoqda. Ishlayotgan kishining o‘rniga kelyapti. Demak, Sadir Japarov imzolagan hujjatning hammasi bekor qilinishi kerak. Shundan boshlab biz huquqiy doiraga kiramiz. Biz 7 oktabrdan boshlab huquqiy doiradan chiqib ketdik», — deb javob Imanaliyev.

Sobiq bosh vazir Kubatbek Boronov 9 oktabrda iste’foga chiqqan. Lekin Jogorku Keneshning deputatlari 6 oktabrda Japarovni bosh vazirlikka tasdiqlagan, biroq bu qarorning legitimliligi gumon bo‘lgan — yig‘inda kvorum bo‘lmagan. Keyinchalik 10 oktabrda, deputatlar Japarovni yana ma’qullagan, biroq deputatlarning kerakli soni yana yig‘ilgan emas. 14 oktabrda deputatlar yana yig‘ilib Japarovni tasdiqlashgan, sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov uni bosh vazirlikka tayinlagan.

«Mustaqil mutaxassislar shunday qarorga kelsa, men shuni qabul qilaman», — dedi Aymen Kasenov.

«Qo‘shilaman, albatta, hammasini bekor qilamiz», — dedi Kanat Isayev.

Bu vaqtgacha ham Klara Sooronkulova Japarovning oqlanishiga shubha qilgan. U sudlarga bosim bo‘lganini taxmin qilib, Japarov qonuniy turda oqlanishi kerakligini ta’kidladi.

20 oktabrda Oliy sud Sadir Japarov, Kamchibek Tashiyev va Talant Mamitovni 2012 yili bo‘lgan «hukumatni kuch bilan bosib olish» fakti bo‘yicha oqlagan. Japarovning Issiqko‘l viloyatining sobiq rahbari Emil Kaptagayevni «garovga olish» ishi qayta sudgacha bo‘lgan tekshiruvga yuborilgan. Japarov bu fakt bo‘yicha 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 2021 yilning 10 yanvarida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Debatlar avjiga chiqdi. Ayrim nomzodlar Japarovning qarorlarini bekor qilish kerak deyishmoqda