08:00 / 31.12.2020
3 726

Garrard zargarlik uyi malika Diananiki kabi uzuk ishlab chiqardi (foto)

Garrard zargarlik uyi malika Diananiki kabi uzuk ishlab chiqardi (foto)
Foto: «Afisha.uz»
Garrard zargarlik uyi 1981 yildan beri dunyodagi eng taniqli zargarlik buyumi – olmos bilan qoplangan sapfir uzugini chiqardi, deb xabar beradi «Afisha.uz» nashri.

Malika Diana shahzoda Charlzga turmushga chiqish arafasida 14 ta olmos va Seylon sapfiridan iborat uzukni tanlagan. Bu qirol oilasining merosxo‘rligini eslatadi – klaster uslubidagi sapfir uzugi to‘y arafasida turmush o‘rtog‘i shahzoda Albert tomonidan qirolicha Viktoriyaga sovg‘a qilingan. Malika Diananing vafotidan keyin uzukni Garri meros qilib oldi. Ammo shahzoda Uilyam Keyt Middltonning qo‘lini so‘raganida ukasidan ushbu yodgorlikni olgan. 2016 yilda Kensington saroyining iltimosiga ko‘ra, uning nusxalarini yaratishga taqiq qo‘yilgan.

Foto: «Afisha.uz»
Biroq bu uzuk Garrard zargarlik uyining yangi kolleksiyasi uchun ilhom manbayi bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, zargarlar marjon va ziraklarni ham yaratgan. Uzuk va boshqa taqinchoqlardagi toshlar har xil: sapfir, yoqut, zumrad va akvamarin.

Foto: «Afisha.uz»
Uzukning taxminiy narxi 14 funt sterling (19 ming dollar)ni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Garrard zargarlik uyi malika Diananiki kabi uzuk ishlab chiqardi (foto)