Foto: Los Angeles Times
Los-Anjelesdagi dahalarning birida yilning eng qimmat o‘g‘riliklaridan biri sodir bo‘ldi. Noma’lum shaxs egasi tasodifan kalitini tushirib qo‘ygan oq Tesla’ga o‘tirib qochib ketgan. Agar elektrokar salonida XVIII asrda usta Iyeronim Amati tomonidan tayyorlangan 310 yillik noyob skripka bo‘lmaganida u qadar ahamiyatli bo‘lmas edi. Ushbu musiqiy anjomning qiymati 700-900 ming dollar turadi, deb xabar beradi Motor.
Mashina o‘g‘risi qanchalik qimmat «o‘lja»ni qo‘lga kiritganini bilmasa kerak. Gap shundaki, Tesla skripka egasiga emas, san’at asarlarini olib-sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Roulend Vaynshteynga tegishli. Mashina o‘g‘irlangan kuni Vaynshteyn skripkani boshqa ishonchli joyga ko‘chirish maqsadida ombordan olib ketayotgan bo‘lgan.
U Los-Anjelesdagi uyiga biroz vaqtga kirib o‘tgan, biroq mashinani avtoturargohga qo‘yish vaqtida hamyonidan kalit tushib qolganini payqamagan. Vaynshteyn skripkani qoldirib, bir necha daqiqaga uyiga kirib chiqqan, ammo bu o‘g‘rining elektrokar saloniga kirib, uni minib qochishi uchun yetarli bo‘lgan.
Los Angeles Times’ning yozishicha, holat bo‘yicha surishtiruv ishlariga FQB kirishgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, jinoyatchi Tesla’ni o‘g‘irlash niyatida bo‘lgan, skripkani emas. Mashina va skripka hamon Los-Anjelesda bo‘lishi mumkin: o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning milliy va xalqaro ma’lumotlar bazasi mavjud bo‘lib, uni olib chiqib ketish yoki sotishga bo‘lgan birinchi urinishdayoq o‘g‘ri qo‘lga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Kanadada avtopilotda harakatlanayotgan Tesla politsiyadan qochishga urindi. Bu vaqtda haydovchi uxlayotgan bo‘lgan

Tesla aksiyalari narxi 20 foizga tushib ketdi

Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida 5,2 milliard dollarga ko‘paydi

AQSHda 27 yil oldin o‘g‘irlangan motosikl o‘z egasiga qaytarildi

Uysiz rossiyalik ayol metroda kuylab oʻn minglab dollar ishladi

Ilon Maskning Tesla Roadster sportkari Quyosh atrofini aylanib chiqdi