00:30 / 02.01.2021
2 810

Shifokor koronavirus yengil shaklining jiddiy asoratlaridan ogohlantirdi

Shifokor koronavirus yengil shaklining jiddiy asoratlaridan ogohlantirdi
Foto: «KIM KYUNG-HOON / Reuters»
Yaponiyalik shifokor Koiti Xiraxata koronavirus yengil shaklining jiddiy oqibatlaridan ogohlantirdi. Bu haqda Tokioning «Hirahata clinic» klinikasi mutaxassisi «RIA Novosti»ga ma’lum qildi.

Xiraxataning ta’kidlashicha, ko‘pgina bemorlar uchun virusning o‘zidan ko‘ra kasallikning oqibatlari qo‘rqinchliroq. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus asoratlari paydo bo‘lgan bemorlarning uchdan bir qismi kasallikdan so‘ng to‘shakka mixlanib qolishgan. Shifokorning aytishicha, atigi bir kun isitma bilan yotgan yoki kasallik alomatlari umuman kuzatilmagan bemorlar ham jiddiy oqibatlarga duchor bo‘lishadi.

Koronavirus oqibatlaridan aziyat chekayotgan bemorlar orasida 97,1 foizi quvvatsizlikdan, 86,8 foizi depressiyadan, 83 foizi esa «boshdagi tuman»dan shikoyat qilishadi. Alomatlar orasida, shuningdek, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, nafas olish qiyinlashishi, ishtaha yetishmasligi, soch to‘kilishi va butun tanadagi og‘riq ham bor.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, yengil shaklda kasallik oqibatlaridan asosan 40-50 yoshgacha bo‘lgan odamlar aziyat chekishadi: ular bemorlarning qariyb 80 foizini tashkil etishadi. Shuningdek, ayollar ushbu kasallikka erkaklarga qaraganda bir yarim barobar ko‘proq duch kelishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shifokor koronavirus yengil shaklining jiddiy asoratlaridan ogohlantirdi