07:47 / 02.01.2021
3 501

Xitoy Afg‘onistondagi AQSH harbiylarini o‘ldirish uchun odamlar yollagan

Xitoy Afg‘onistondagi AQSH harbiylarini o‘ldirish uchun odamlar yollagan
Foto: The New York Times
AQSH prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Xitoy amerikalik harbiylarni o‘ldirganlik uchun Afg‘onistondagi ayrim nodavlat sub’ektlarga mukofot pullari va’da qilgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini maxfiylikdan chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Axios nashri AQSH ma’muriyati rasmiylariga tayanib.

Manbalarning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumot hali tekshirilmagan va hozirda turli bo‘linma xodimlari buni tasdiqlashga urinmoqda.

Razvedka ma’lumotlari 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident ishtirokidagi brifingga kiritilgan va Trampga ushbu masala bo‘yicha Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Robert O’Brayen og‘zaki ravishda ma’lumot bergan, deydi Axios manbasi.

Ta’kidlanishicha, Kongress a’zolari va saylangan prezident Jo Bayden bu haqda xabardormi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas, garchi u endi prezident sifatida kundalik brifingdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham.

Iyun oyida The New York Times gazetasida Rossiya maxsus xizmatlari Afg‘onistonda amerikalik askarlarni o‘ldirgani uchun pul to‘laganligi haqida maqola chop etildi. AQSHning bir qator rasmiylari ushbu ma’lumotni yetarli darajada tasdiqlamaganini tan olishdi.

Shunga qaramay, prezidentlik saylovi kampaniyasi davomida prezident etib saylangan Jo Bayden Trampni Rossiyaga qarshi choralar ko‘rmaganlikda va AQSH harbiylarini himoya qilmaganlikda aybladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Afg‘onistondagi AQSH harbiylarini o‘ldirish uchun odamlar yollagan