07:30 / 04.01.2021
2 779

Afrikalik o‘smir 200 dollarga noldan boshlab o‘z mashinasini yasadi (video)

Afrikalik o‘smir 200 dollarga noldan boshlab o‘z mashinasini yasadi (video)
Kadr: YouTube
Gana poytaxtida istiqomat qiluvchi Kelvin ismli o‘smir shaxsiy mashinasi bo‘lishini orzu qilgan, biroq oilaning eng oddiy modelni sotib olishga ham qurbi yetmagan. Shu sababli u o‘z mashinasini yaratishga qaror qilgan — Kelvin metallolomdan foydalangan. Tayyor bo‘lgan mashina bilan YouTube-bloger Dryu Binksi bo‘lishdi.

O‘smir har kuni bittadan yangi detal qo‘shib, uch yil deganda rulga o‘tirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, agar barcha ehtiyot qismlarini bittada xarid qilish imkoni bo‘lganida mitti avtomobilni yig‘ish bundan kamroq vaqt talab etgan bo‘lardi. Kelvin o‘z mashinasini yaratish uchun 200 dollardan kamroq pul sarflagan — bu oila uchun kattagina summa hisoblanadi.

Kelvinning mashinasini karkasi aluminiy profildan ishlangan, kuzovini esa chiqindi konteynerlaridan tayyorlagan. E’tiborli jihati, «Kelvin-mobil» xuddi «chayka qanoti» uslubidagi ishlaydigan eshiklarga ega.

O‘smir mashina kapotida ventilyatsion tirqishlar qoldirgan, radiator panjarasini esa qora to‘r bilan yopgan. Orqa tomonida diffuzor va katta antiqanot mavjud, salonida radio ishlaydi.

«Podveska» sifatida motosikl amortizatorlaridan foydalanilgan bo‘lib, u avtomobilning notekis yo‘llar bo‘ylab ham harakatlanishini ta’minlaydi. Mashina motosikl dvigateli yordamida harakatga keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikalik o‘smir 200 dollarga noldan boshlab o‘z mashinasini yasadi (video)