11:39 / 05.01.2021
2 614

Nyu-Yorkda olmaxonlar kutilmaganda odamlarga hujum qila boshladi (foto)

Nyu-Yorkda olmaxonlar kutilmaganda odamlarga hujum qila boshladi (foto)
Foto: Esquire
Nyu-Yorkning Rigo-Park dahasidagi kul rang olmaxonlar kutilmaganda odamlarda hujum qilishni boshladi, deb yozadi Esquire.

Singx oilasining ma’lum qilishicha, Shukronalik kunida hududda olmaxonlarning 20 ga yaqin hujumi qayd etilgan. «Ular to‘satdan odamlarga hujum qilgan — oddiy sakrashdan tortib, tirnash va tishlashlargacha. Bu nima sababdan sodir bo‘layotganini bilmaymiz», — deydi Vinati Singx.

Foto: Esquire
«Shuningdek, ular turmush o‘rtog‘imga, sobiq dengiz askariga hujum qildi. U tom ma’noda olmaxon bilan urushganini aytdi. U rostdan ham o‘zini haqiqiy jangdagidek his qilgan — erim sababsiz bunday demagan bo‘lardi», — deydi Singx.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan suratlar va videolardan ko‘rish mumkinki, Rigo-Parkning ayrim aholisi qattiq hujumga uchragan, kemiruvchilar ularni tirnab tashlagan.

Foto: Esquire
56 yoshli Mishlin Frederikning mahalliy ABC7 telekanaliga ma’lum qilishicha, 21 dekabr kuni unga olmaxon hujum qilgan. «Olmaxon oyog‘imga yugurib kelganini his qildim. Shunda, ‘yaxshi, olmaxon salom’ deb o‘yladim. Biroq keyin u bo‘ynimga chiqa boshladi, unga qo‘l uzatganimda qafasdagi jangga o‘xshash holat yuzaga keldi. Olmaxonga farqi yo‘q edi — u shunchaki qonsiragandek ko‘rinardi», — deydi Frederik.

Nyu-York Sog‘liqni saqlash va ruhiy gigiyena departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda olmaxonlar orasida quturish holatlari qayd etilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda olmaxonlar kutilmaganda odamlarga hujum qila boshladi (foto)