17:17 / 05.01.2021
3 675

Meksikada jazmanining uyiga qadar yer ostidan tunnel qazigan erkak qo‘lga tushdi

Meksikada jazmanining uyiga qadar yer ostidan tunnel qazigan erkak qo‘lga tushdi
Foto: Daily Mail
Meksikada Alberto ismli usta o‘z uyi va jazmanining uyini bog‘lovchi tunnel qazidi, deb xabar beradi Daily Mail. Yashirin yo‘lak ularga atrofdagilardan panada uchrashish imkonini bergan.

Ular Pamelaning eri Xorxe ishda bo‘lgan vaqtida uchrashib yurgan. Biroq bir safar ishdan ertaroq qaytgan Xorxe rafiqasini begona erkak bilan ushlab olgan.

Avvaliga Xorxe ayolning o‘ynashi karavot ostidan qidirgan, biroq topa olmagan. Keyinroq u divan ostida yashiringanini payqab qolgan, ammo Alberto bir zumda g‘oyib bo‘lgan. Aldangan er divan yonidan uyi ostidagi tunnelga eltuvchi tuynukni topib olgan. Xorxe pastga tushgan va tunnel bo‘ylab Albertoning uyiga borgan.

Alberto Xorxedan bu haqida o‘zining xotiniga aytmaslikni so‘ragan, biroq aldangan er bunga rozi bo‘lmagan. Natijada erkaklar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Politsiya mojaroni to‘xtatish maqsadida Albertoni olib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada jazmanining uyiga qadar yer ostidan tunnel qazigan erkak qo‘lga tushdi