Ilm dunyosi inson umrini ikki baravar uzaytirishi mumkin bo‘lgan dori yaratishga juda yaqin qoldi. Ushbu voqea yaqin o‘n yillikda sodir bo‘ladi.
Bu haqda britaniyalik olim Endryu Stil ma’lum qildi.
Biologning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda qarish jarayonini sekinlashtirish insoniyat uchun haqiqatga aylanadi. Ammo bu keksaygan insonlar organizmining yosh holatiga qaytishini anglatmaydi.
Stilning fikricha, olimlar organizmdagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar bilan bog‘langan sog‘liq muammolarining oldini oladigan dori yaratishadi. Uning yordamida artrit, bo‘g‘inlar og‘rig‘i hamda suyaklar mo‘rtligi yo‘qoladi. Tadqiqotchilar tez orada kasallikning asl sabablarini topib, samarali dori vositalarini yarata olishadi, bu esa o‘z navbatida, qarish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi, natijada qarilik bilan bog‘liq xastaliklar faqat uzoq kelajakdagina namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda olimlar inson umrini uzaytirishi mumkin bo‘lgan innovatsion ishlanmalarni sinovdan o‘tkazishmoqda. Agar ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonilsa, Endryu Stilning aytishicha, dastlabki davrda artrit, yurak-qon tomir kasalliklari yoki saraton xastaligidan shikoyat qilmaydigan keksa odam bilan uchrashish g‘ayrioddiy hodisaga aylanadi. Shu bilan birga, biologning qayd etishicha, 150 yoshli nafaqaxo‘rlar 20 yoshli o‘g‘il-qizlarga o‘xshamaydi. Tashqi ko‘rinishdagi farqlar, albatta, mavjud bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Amerikalik olimlar koronavirusning davosi topilganini ma’lum qildi

Turkiyalik olimlar koronavirusdan xalos bo‘lishga yordam beruvchi dori vositasi ishlab chiqishdi

Olimlar koronavirusning zaif joyi aniqlanganini ma’lum qilishdi

Qirgʻizistonda inson umrini uzaytiruvchi yogʻ yaratildi

Olimlar qarish bilan kurashish usulini topishdi

Abadiy umr ko‘rish siri aniqlandi: tez orada biz abadiy yashaydigan bo‘lamiz