23:00 / 05.01.2021
2 371

Tailandda badjahl mushuk uyga bostirib kelgan filni quvib yubordi (video)

Tailandda badjahl mushuk uyga bostirib kelgan filni quvib yubordi (video)
Foto: Daily Mail
Tailandning Nakxonnayok tumanida Simba laqabli uch yoshli mushuk yegulik ilinjida uyga kirishga uringan to‘rt tonnali ulkan filni quvib yubordi, deb xabar beradi WDay.

Ta’kidlanishicha, mushuklarda o‘z hududini himoya qilish instinkti itlarnikidan ko‘ra yaxshiroq rivojlangan. O‘ziga qarashli hududga kimdir kirganini his qilsa, ular juda agressivlashadi: turli ovozlar chiqarib, panjalari bilan hujumga otlanadi. Bu safar ham kichkina mushukcha ulkan fildan qo‘rqmay, unga qarshi turib berdi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, Pay Salik laqabli fil yegulik ilinjida tez-tez odamlar yashaydigan uylarga kelib turadi. Bog‘ qarovchisi Amnat Norasinning so‘zlariga ko‘ra, 35 yoshli fil qo‘shni o‘rmonda yashaydi, biroq kechalari panadan tashqariga chiqadi.

Uy egasining aytishicha, mushuk o‘z hududiga begona hayvon tashrif buyursa, g‘azabga minadi.

Tailandda fillar qo‘riqlanadigan milliy hayvon turi hisoblanadi. Uni o‘ldirgan yoki zarar yetkazgan insonlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 40 dollar jarimaga tortilishi mumkin.

Ekologlarning baholashicha, Tailandning yovvoyi junglilari va qo‘riqlanadigan milliy bog‘larida 2 mingga yaqin fil yashaydi, shuningdek, yana shuncha fil tutqunlikda mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda badjahl mushuk uyga bostirib kelgan filni quvib yubordi (video)