15:25 / 06.01.2021
2 627

Xitoyda ikkita kutubxonachi-robot bir-biri bilan «urishib» qoldi (video)

Xitoyda ikkita kutubxonachi-robot bir-biri bilan «urishib» qoldi (video)
Kadr: Youtube
Xitoyning Szyansi provinsiyasida joylashgan kutubxonalarning biridagi ikkita robot-assistent «urushib qoldi». Qiziqarli vaziyat haqida QQ portaliga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Tutu va Vanbao ismli kutubxonachi-robotlarning vazifasi o‘quvchilarga kerakli kitobni qidirishda yordamlashishdan iborat. Ular navbatdagi mijozni bo‘lisha olmay «talashib qolgan».

Janjal tashrif buyuruvchilardan biri savol berish maqsadida QR-kodni robotlardan birida skanerdan o‘tkazganida yuzaga kelgan, bu vaqtda ikkinchi robot yordam berishni xohlagan.

Guvohlar tomonidan tasvirga olingan rolikda Tutu va Vanbao qisqa jumlalar bilan boshlarini aylantirayotganini ko‘rish, orqa planda esa odamlar kulayotganini eshitish mumkin.

Natijada Vanbao yarashishga qaror qilib, o‘z aybini tan olgan. Bunga javoban Tutu hamkasbini kayfiyati tez-tez o‘zgarib turishida ayblagan, biroq keyinroq uni kechirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda ikkita kutubxonachi-robot bir-biri bilan «urishib» qoldi (video)