17:07 / 06.01.2021
1 932

Xitoyda Tesla’ning dunyodagi eng katta quvvatlantirish stansiyasi ochildi

Xitoyda Tesla’ning dunyodagi eng katta quvvatlantirish stansiyasi ochildi
Foto: Twitter
Xitoydagi Jing’an International Center yerosti savdo kompleksida Tesla’ning dunyodagi eng yirik quvvatlantirish stansiyasi ochildi. Unda bir vaqtning o‘zida 72 ta avtomobil quvvatlana oladi, deb xabar beradi Motor.

72 ta terminalga ega Supercharger Shanxayning asosiy ish kvartalida, Kaliforniyadagi 56 o‘rinli «zapravka» ishga tushganidan bir oy o‘tib ochildi. Hozirda u Tesla’ning dunyodagi eng katta stansiyasi hisoblanadi, biroq eng kuchli emas. Engadget ma’lumotlariga ko‘ra, xitoyliklar quvvati 150 kilovattga teng Supercharger V2 quvvatlantirgichlaridan foydalanadi, Kaliforniyadagiga esa 250 kilovattli V3 o‘rnatilgan. Ularning tezligi orasidagi farq sezilarli darajada: statistikaga ko‘ra, «tezkor» terminallarda quvvatlantirish vaqtida oddiy terminallarnikidan ikki barobarga kam.

2021 yilda Tesla yanada kengayishni rejalashtirmoqda. Kompaniya Hindiston bozoriga chiqish niyatida, shundan so‘ng, rasman dunyoning 34 mamlakatida ishga tushiriladi. Amerika markasi Hindistonda avvaliga sotuvlarni yo‘lga qo‘yadi, keyinroq esa yirik va kichik uzellarni yig‘ish istiqbollarini baholaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda Tesla’ning dunyodagi eng katta quvvatlantirish stansiyasi ochildi