08:50 / 07.01.2021
1 760

Rus pravoslav cherkovi rahbari koronavirusga ishonmaslikni Xudoga ishonmaslikka tenglashtirdi

Rus pravoslav cherkovi rahbari koronavirusga ishonmaslikni Xudoga ishonmaslikka tenglashtirdi
Foto: «TASS»
Moskva va Butun rus patriarxi Kirill koronavirus pandemiyasiga ishonmaslik Xudoga ishonmaslik kabi hayot uchun xavfli ekanligini aytdi. Meduza’ning «TASS»ga tayanib xabar berishicha, bu haqda u 6 yanvar kuni aytib o‘tdi.

"Bilaman, hech narsaga — kasallik yoki xavfga ishonmaydigan odamlar bor, ular ushbu tibbiy ko‘rsatmalarga beparvo qarashadi. Ammo biz, imonlilar, bilamizki, nafaqat bu odamlar ahmoqdirlar — ularni shunday nomlash mumkin — hayotda bor bundaylar, ammo bu dunyoda Xudoga ham ishonmaydigan ko‘plar odamlar ham bor. Odamlar Xudoga ishonmasligi juda xavfli, hayot uchun xavfli. Xuddi bugungi kunda odamlar infeksiya tarqalganiga ishonmasligi va o‘zlarini bu infeksiyadan himoya qilmasligi kabi xavflidir", - dedi patriarx Kirill.

Patriarx «zamonaviy tibbiyot har birimizga, butun insoniyatga qo‘yadigan talab va ko‘rsatmalarga» beparvo bo‘lmaslikka chaqirdi. U, shu jumladan, ibodatxonalarga tashrif buyurishda sanitariya normalari va ehtiyot choralariga rioya qilishni tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duo va amallarni e’lon qilgandi. Koronavirusdan vafot etgan kishi shahid hisoblanishi bildirilgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi, shuningdek, «Vabo – insonlar uchun bir sinov» nomli koronavirusga aloqador kitob nashr qilgandi. Kitob butun insoniyatga yuborilgan yuqumli kasallik, unga qanday munosabatda bo‘lish, ommaviy epidemiya — pandemiya sharoitida o‘zini qanday tutish haqida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rus pravoslav cherkovi rahbari koronavirusga ishonmaslikni Xudoga ishonmaslikka tenglashtirdi