09:57 / 07.01.2021
2 130

Trampning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi (foto)

Trampning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi (foto)
Foto: «RIA Novosti»
Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchilar tomonidan tashkil etilgan «Amerikani qutqarish marshi» nomli norozilik namoyishi ishtirokchilari 6 yanvar kuni kunduzi poytaxt Vashingtondagi Kapitoliy binosiga bostirib kirdi. Meduza’ning yozishicha, AQSH Kongressi aynan shu yerda mamlakat prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylov yakunlarini tasdiqlanishi kerak edi.

Norozilik namoyishi ishtirokchilari bundan avval Kapitoliyni o‘rab olgan politsiya bilan to‘qnashuv keltirib chiqargan. Huquq-tartibot organlari xodimlari namoyishchilarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz vositasida tarqatib yuborishga uringan.

Namoyishchilarning xatti-harakatlari sabab Senat va Vakillari palatasi a’zolari o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Xabar berishlaricha, majlisda qatnashayotgan AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens Kongress binosidan evakuatsiya qilingan.

Kapitoliy oldidagi tartibsizlar sababli Vashington meri Myuriel Bauzer shaharda komendantlik soatini e’lon qildi; ushbu tartib mahalliy vaqt bilan 6 yanvar soat 18:00 dan 7 yanvar tong soat 6:00 ga qadar amal qiladi.

Foto: Telegram / @varlamov_news

Foto: Telegram / @varlamov_news

Foto: Telegram / @varlamov_news

Foto: Telegram / @varlamov_news

Foto: Telegram / @varlamov_news

Foto: «RIA Novosti»
Kongress majlisi boshlanishi arafasida Donald Tramp «Amerikani qutqarish marshi»da namoyishchilar oldida chiqish qildi. U, jumladan, shunday degan: «Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz, biz hech qachon mag‘lubiyatni tan olmaymiz».

Namoyishchilar Kapitoliyga bostirib kirganidan so‘ng, Tramp Twitter’dagi sahifasi orqali o‘z tarafdorlarini tinch harakatlanishga va politsiyaga qarshilik ko‘rsatmaslikka chaqirdi.

AQSH Kongressi 6 yanvar, chorshanba kuni AQSH prezidenti saylovi natijalarini tasdiqlashi lozim edi. Avvalroq tanlovchilar hay’ati saylov natijalarini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, prezidentlikka nomzodi Demokratik partiyadan ko‘rsatilgan Jo Baydenni 302 nafar tanlovchi, amaldagi prezident, respublikachilar vakili Donald Trampni esa 232 tanlovchi qo‘llab-quvvatlagan. Saylovda g‘olib chiqish uchun esa 270 tanlovchining ovozi yetarli. Tramp saylov natijalarini alohida shtatlarda bekor qilishga bir necha bor urindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi (foto)