Foto: «Ssu.gov.ua»
Ukraina Xavfsizlik xizmati Gitler laqabli terrorchi boshchiligidagi radikal neonatsistlar tashkiloti faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda mahkama veb-saytida xabar berilgan.
Jinoyatchi Kiyevda ushlandi. Uning haqiqiy ismi oshkor qilinmayapti. Xabarlarga ko‘ra, Gitler irqiy va diniy asoslarga ko‘ra teraktlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va chaqiriqlardan iborat materiallarni tarqatuvchi tarmoqni tashkil etgan. Ular orasida 2019 yilda Yangi Zelandiyadagi masjidlarga hujum uyushtirgan avstraliyalik terrorchi Brenton Tarrantning manifesti ham bo‘lgan.
Tintuv paytida guruh rahbarida rus va ukrain tillarida ekstremistik materiallar hamda neonatsistlar belgilari topildi.
Xabarda aytilishicha, uning bir qancha sheriklari Ukrainada yozdayoq hibsga olingandi. Ularning yetakchisi Rossiya fuqarosi bo‘lgan. Neonatsistlar materiallarning bir qismini qo‘shni davlatdan olib turishgan, deb hisoblaydi Ukraina Xavfsizlik xizmati. Bundan tashqari, hibsga olinganlarda qurol-yarog‘lar topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Adolf Hitlerning Argentinadagi yashirin bunkeridan fotosuratlar va tangalar topildi (foto)

Gitler yonidagi 15 ta qiz. Nega ular har kuni yig‘lashgan?

Ukraina Rossiya uchun havo hududini to‘liq yopishga qaror qildi

Eronda ikkita terrorchilik guruhi zararsizlantirildi

Ukraina va Xitoy 2,4 mlrd dollarlik valyuta svopi haqida kelishib oldi

AQSh desantchilari Ukraina harbiylari bilan mashg‘ulot o‘tkazadi