07:20 / 09.01.2021
2 430

Qodirov o‘zining Tramp bilan o‘xshash tomonlarini ma’lum qildi

Qodirov o‘zining Tramp bilan o‘xshash tomonlarini ma’lum qildi
Foto: «RIA»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSH prezidenti Donald Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunti bloklanganiga izoh berdi va o‘zini Oq uy rahbari bilan taqqosladi. U Telegram-kanalida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Endi biz Tramp bilan o‘xshashmiz: ilgari u meni ijtimoiy tarmoqlarda bloklab qo‘ygandi, endi Parvardigori olam adolatni tikladi. Natijada isyonkor Donald Trampning akkauntlari ham bloklandi», — deya yozib qoldirgan u.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp demokratiya va inson huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lganida edi, u bilan bunday vaziyat yuzaga kelmas edi.

Avvalroq bir qator eng yirik ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntini bloklab qo‘yishgandi. Bundan tashqari, Twitter bilan YouTube Trampning Kapitoliy oldidagi namoyishchilarga murojaat qilib, ularni uylariga ketishga undagani va ovozlar undan «o‘g‘irlangani» da’vo qilingan videoni bloklab qo‘ydi. Keyinchalik Amerika rahbarining Twitterdagi akkaunti blokdan chiqarildi.

6 yanvar kuni respublikachilarning isyonkor tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini qurshab olishdi. Senat va Vakillar Palatasining o‘tgan saylov natijalarini tasdiqlash rejalashtirilayotgan yig‘ilishi to‘xtatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident saylovlarida Bayden g‘alaba qozondi. Namoyish paytida besh kishi halok bo‘ldi. Politsiya 70 ga yaqin tartibsizliklar ishtirokchilarini hibsga oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qodirov o‘zining Tramp bilan o‘xshash tomonlarini ma’lum qildi