09:17 / 10.01.2021
2 083

Ilon Maskning boyligi 200 milliard dollardan oshdi

Ilon Maskning boyligi 200 milliard dollardan oshdi
Space X va Tesla asoschisi, bir necha kun avval jahonning eng boy insoni deb topilgan Ilon Maskning boyligi 200 milliard dollardan oshdi. Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingi ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda tadbirkorning boyligi 14,5 milliard dollarga o‘sgan. Reytingning ikkinchi qatorini Amazon rahbari Jeff Bezos egallagan, uning boyligi 1,09 milliard dollarga ko‘payib, jami 186 milliardga etdi.

Uchinchi o‘rinda Microsoft asoschisi Bill Geyts ketmoqda. Uning boyligi 225 million dollarga o‘sdi va hozirda 134 milliard dollarga baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning boyligi 200 milliard dollardan oshdi