11:55 / 10.01.2021
4 347

Kim Chen In KXDRning asosiy dushmani qaysi davlat ekanini ma’lum qildi

Kim Chen In KXDRning asosiy dushmani qaysi davlat ekanini ma’lum qildi
Foto: Reuters
Koreya Ishchilar partiyasining 8-qurultoyida KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In AQSH rasmiy Pxenyanning asosiy dushmani ekanligini aytdi. Bu haqda 9 yanvar kuni Koreyaning Markaziy telegraf agentligiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, prezidenti kim bo‘lishidan qat’i nazar, rasmiy Vashingtonning KXDRga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi. Uning ta’kidlashicha, «dushmanlik siyosatidan» uzoqlashish ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.

Shuningdek, u rasmiy Pxenyan o‘z yadroviy qurolini rivojlantirishda davom etishi kerakligini ta’kidladi, ammo KXDR yadro qurolini faqat dushman kuchlari unga birinchi bo‘lib hujum qilgan taqdirdagina ishlatishini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In KXDRning asosiy dushmani qaysi davlat ekanini ma’lum qildi