19:27 / 10.01.2021
3 465

Dunyodagi eng boy odam bor mol-mulkini sotib Marsga ko‘chmoqchi

Dunyodagi eng boy odam bor mol-mulkini sotib Marsga ko‘chmoqchi
Foto: «Zen.yandex.ru»
Dunyodagi eng boy odam, «SpaceX» va «Tesla» asoschisi Ilon Mask Marsga ko‘chib borish uchun bor mol-mulkini sotishga qaror qildi.
Maskning fikricha, boshqa sayyorada shahar qurish uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu uni mol-mulkini sotishga majbur qilayotgan sabablardan biridir. Bu bilan ishbilarmon o‘zining qay darajada qat’iyatli ekanligini namoyish etmoqchi, deya xabar berdi «Business Insider».

«Moliyaviy nuqtai nazardan deyarli hech qanday boyligim qolmaydi», — deydi tadbirkor.

Maskning aytishicha, mabodo ishda keskin vaziyat yuzaga kelsa, u fabrikada yoki idorada ham uxlashi mumkin. Biroq tadbirkor farzandlari uchun qandaydir uy-joyga muhtojligini tushunib turibdi. Shu bilan birga, ushbu maqsadlar uchun ijaraga olishi yoki boshqa biror nima qilishi mumkin deb hisoblaydi.

7 yanvar kuni «Tesla» va «SpaceX» kompaniyalarining rahbari, ishbilarmon Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgani to‘g‘risida xabar bergandik. U Amazon asoschisi Jeff Bezosdan o‘tib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng boy odam bor mol-mulkini sotib Marsga ko‘chmoqchi