Foto: «Denis Balibouse / Reuters»
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida fitna va noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishi pandemiya ustidan g‘alaba qozonishga xalal beryapti. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturlar direktori Maykl Rayan brifing paytida aytib o‘tdi. Twitterda translyatsiyasi mavjud. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu omil tashkilot mutaxassislarini tashvishga solmoqda.
«Juda kichik guruhlarning siyosiy yoki mafkuraviy maqsadlari ijtimoiy tarmoqlarda hozirgi kunda biz dunyoda amalga oshirayotgan nihoyatda muhim jarayon — COVID-19 ustidan nazoratni buzishga qaratilgan», — deb izohladi Rayan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari qariyb ikki million insonning umriga zomin bo‘lgan virusni to‘xtatishga harakat qilyapti. COVID-19ga qarshi kurashayotganlarga fitna kerak emas, deya ta’kidladi Rayan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dasturining direktori aholini ushbu virusning haqqoniyligiga ishonmaslikka undovchi pandemiya haqidagi soxta xabarlarning tarqalishiga salbiy munosabat bildirdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ijtimoiy media ko‘plab muammolarni hal eta oladigan kuchli vosita, ammo «manfurlarning» ushbu platformani buzishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yana qancha odam koronavirus qurboniga aylanadi?

COVID-19 koronavirus infeksiyasini to‘xtatish yo‘li aytildi

JSST kimlar haliyam koronavirus oldida zaif qolayotganini ma’lum qildi

JSST qat’iy karantinning qaytarilishiga qarshi chiqdi

Pandemiya: nufuzli tashkilotni nima bunchalik xavotirga solmoqda?

JSST koronavirusning havo orqali yuqish imkoniyatiga baho berdi