09:43 / 13.01.2021
1 733

Britaniyalik erkak robot yordamida sevgan qizining qo‘lini so‘radi (video)

Britaniyalik erkak robot yordamida sevgan qizining qo‘lini so‘radi (video)
Foto: Twitter / Starship
Britaniyada Ben Xogan ismli mobil dasturchi mahsulotlarni tashishga mo‘ljallangan Starship roboti yordamida sevgan qizining qo‘lini so‘radi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, hozirda Buyuk Britaniya janubi-sharqida joylashgan Milton-Kind shahri aholisi o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga o‘tgan bo‘lib, odamlarga mahsulotlarni robotlar yetkazib bermoqda.

Robotlar Xoganning suyuklisiga juda yoqqani sabab, erkak Starship Technologies kompaniyasidan Rojdestvo arafasi mashinalardan birini nikoh uzugini eltib berish uchun Kemston shahriga yuborishni so‘ragan. Ben o‘z iltimosiga ijobiy javob bo‘lishini kutmaganini ma’lum qilgan.

«Bizda robotlar yo‘q, biz ularning faoliyati doirasidan tashqarida joylashganmiz. Biroq ular robot bu qadar uzoqqa kelishi uchun qanday sehr qo‘llaganini bilmayman, ammo juda minnatdorman», — deydi u.

Ben va Sherri Buyuk Britaniyada joriy etilgan birinchi lokdaundan oldin uchrasha boshlagan. Ularning to‘y sanasi mamlakatdagi koronavirusga oid vaziyatga bog‘liq. Juftlik Starship roboti mehrobda ham uzuk olib kelishiga umid qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik erkak robot yordamida sevgan qizining qo‘lini so‘radi (video)