08:15 / 14.01.2021
1 930

AQSH Kongressining Vakillar palatasi Trampga nisbatan impichment e’lon qildi

AQSH Kongressining Vakillar palatasi Trampga nisbatan impichment e’lon qildi
Foto: Nikkei
Amerika Kongressining Vakillar palatasi AQSH prezidenti Donald Trampga nisbatan impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi. Kongressmenlar Trampga nisbatan ilgari surilgan isyonga da’vat qilish ayblovini tasdiqladi, deb yozadi Meduza.

Masala Demokratik partiyaning ko‘pchilik ovozi (222 ta) bilan qabul qilingan, bundan tashqari, Respublikachilar partiyasining 10 ta vakili ham Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishini ma’qullab ovoz bergan.

Umumiy hisobda Trampga nisbatan impichmentni palataning 232 a’zosi ma’qulladi. 197 nafar kongressmen esa qarshi ovoz berdi — ularning bari Respublikachilar partiyasidan saylangan vakillardir.

Trampning hokimiyatdan chetlatilishi masalasini endi 19 yanvarga qadar ta’tilda bo‘lgan AQSH Senati ko‘rib chiqishi kerak, Trampning AQSH prezidenti sifatidagi vakolati esa 20 yanvar kuni yakuniga yetadi.

Shunday qilib, Tramp birinchi — va, katta ehtimol bilan, yagona — prezidentlik muddati davomida ikki marta impichment e’lon qilingan AQSH tarixidagi birinchi davlat rahbariga aylandi. Vakillar palatasi unga nisbatan birinchi impichmentni 2019 yil dekabrida e’lon qilgan edi (o‘shanda respublikachilarning bari qarshi ovoz bergan, biroq palatada demokratlar ko‘pchilik o‘rin egasi edi), biroq Senat prezidentni hokimiyatdan chetlatishga qarshi chiqqan edi.

Bloomberg’ning 12 yanvardagi axborotiga ko‘ra, Tramp 6 yanvar kungi voqealar (Kapitoliyning shturm qilinishi) uchun «har qanday javobgarlik»ni rad etgan, impichmentni esa «jodugarlarni ovlash»ga o‘xshatgan.

13 yanvar kuni, Vakillar palatasining majlisi davom etayotgan vaqtda, Fox News telekanali Trampning bayonotini tarqatdi, unda prezident «barcha amerikaliklarni xotirjamlikka» chaqirgan.

«Yangi namoyishlar tashkil etilishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgani munosabati bilan, men hech qanday zo‘ravonlik, hech qanday qonunbuzarlik va hech qanday vandalizm harakatlarini sodir etmaslikka chaqiraman. Bu men qo‘llab-quvvatlaydigan holatlar emas, bu Amerika qo‘llab-quvvatlaydigan holatlar emas», — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda telekanal sayti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Kongressining Vakillar palatasi Trampga nisbatan impichment e’lon qildi