14:30 / 14.01.2021
1 696

JSST delegatsiyasi koronavirusning kelib chiqishini tekshirish maqsadida Uxanga yetib keldi

JSST delegatsiyasi koronavirusning kelib chiqishini tekshirish maqsadida Uxanga yetib keldi
Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tadqiqot guruhi koronavirusning kelib chiqish sababini aniqlash uchun Uxanga yetib keldi, deb xabar beradi «Kommersant’». 10 kishidan iborat jamoa Xitoy hukumati rahbari Si Szinpin tomonidan bir necha oylik diplomatik bahslardan so‘ng ma’qullangan.

JSST guruhi tarkibidan AQSH, Avstraliya, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Niderlandiya, Qatar va Vetnamdan bo‘lgan virusolog va ekspertlar o‘rin olgan. Olimlarning taxminicha, virus odamlarga Xitoy janubi-g‘arbidagi ko‘rshapalaklar yoki boshqa hayvonlardan yuqqan bo‘lishi mumkin. JSST tomonidan e’lon qilingan dasturga ko‘ra, ayrim siyosatchilar ta’kidlaganidek, olimlarda Uxan laboratoriyasida koronavirusning tasodifiy tarqalishini baholash bo‘yicha reja yo‘q.

Agentlikning qayd etishicha, bir marotaba amalga oshiriladigan tashrif virusning paydo bo‘lishini tasdiqlash uchun yetarli bo‘lmaydi, chunki kasallikning hayvonlardan tarqalishini aniqlash uzoq yillik tadqiqotlarni talab qiladi.

SARS-CoV-2 koronavirusi birinchi bor 2019 yilning dekabrida Uxanda aniqlangan edi. Shundan so‘ng virus butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. 2020 yilning martida JSST COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgandi.

Avvalroq AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Mettyu Pottinger koronavirus infeksiyasi katta ehtimol bilan Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan sizib chiqqani — kasallik manbasi haqidagi taxminlar orasida eng ishonchga sazovori shu ekanini aytgan edi.

AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil may oyi boshida bergan bayonotida Xitoy rasmiylarini kasallik tarqalishining boshlang‘ich davrida koronavirusga doir ma’lumotlarni yashirishda ayblagan edi. O‘shanda Amerika yetakchisi virus Uxandagi laboratoriyada sun’iy yaratilganini tasdiqlovchi dalillari borligi haqida gapirgan edi.

Biroq AQSH Davlat departamentining Razvedka va tadqiqotlar byurosi dalillar yo‘qligi uchun bu versiyani tasdiqlamagan. Xitoy esa Trampning ayblovlariga javoban koronavirus laboratoriyada o‘ylab topilganini rad etuvchi JSST xulosalarini ko‘rsatib o‘tgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST delegatsiyasi koronavirusning kelib chiqishini tekshirish maqsadida Uxanga yetib keldi