Foto: Mixail Golenkov
Rossiyada migrantlar uchun kvotalarni taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar to‘g‘risida qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, hukumat kvotalarni to‘g‘rilash qoidalarini tasdiqlashi mumkin. Hujjat 14 yanvarda kuchga kirdi va "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
Rossiya Federatsiyasida ruxsat berish kvotalari hududlarda tashkil etilgan komissiyalar tomonidan taqsimlanadi, kvotalarni taqsimlash tartibi esa hukumat tomonidan belgilanadi.
Yangi yondashuv ma’lum bir mintaqadagi migratsiya holatini, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish uchun asoslar mavjudligi yoki yo‘qligini hisobga olgan holda kvotani chet elliklar o‘rtasida taqsimlashga imkon beradi.
Bundan tashqari, qonunda RF Ichki ishlar vazirligining vakolatlari aniqlashtirildi: vazirlik ruxsatnoma berish tartibini, migrantlardan tegishli ariza shakllari va kerakli hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada barcha migrantlardan barmoq izlarini olish rejalashtirilmoqda

Rossiyadagi xorijliklar hujjatlarining amal qilish muddatlari qanday uzaytiriladi?

Rossiyada 15 iyungacha migrantlardan patent va boshqa hujjatlar talab qilinmaydi

Rossiya fuqaroligini berish osonlashtirilmoqda

Rossiyada chet elliklarning yashashi uchun muddatsiz ruxsatnoma joriy etilmoqda

Rossiya 2018 yilga migrantlar uchun kvotani qisqartirdi