22:30 / 15.01.2021
2 389

«Do‘stlar tashlab ketilmaydi»: Amerikalik askar qutqargan itini Suriyadan olib chiqishni qanday uddaladi? (foto, video)

«Do‘stlar tashlab ketilmaydi»: Amerikalik askar qutqargan itini Suriyadan olib chiqishni qanday uddaladi? (foto, video)
Foto: «Domashniy ochag»
Ushbu voqea Suriyadagi harbiy qismga it olib kelingan kundan boshlangan. U yerdagi AQSH armiyasida Tayler Mosli ismli oddiy askar xizmat qilgan. Sapyor itni operatsiyalarning birida vafot etgan akasining jasadi yonidan topgan. It juda quvnoq bo‘lib, tez orada barcha askarlar bilan do‘stlashib ketgan. Ammo u Taylerga nisbatan boshqacha munosabatda bo‘lgan. O‘sha vaqtdayoq Tayler bu uning iti ekanligini tushunib yetgan.

Ammo harbiy qismda it uchun joy yo‘q edi. Komandir itning hudud atrofida erkin yurishiga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qilgan, shuningdek, itga g‘amxo‘rlik qiladiganlar bo‘lmasa, undan qutulish kerakligini ham aytib o‘tgan. Tayler esa itning urush davom etayotgan Suriya ko‘chalarida uzoq yashamasligini bilar edi. U hamisha ko‘cha hayvonlari och, yarador, ozg‘in va turli parazitlar bilan qoplanganini ko‘rgan edi va itini ham bunday holda qolishini istamadi. Shuning uchun ham askar uni o‘z xonasida qoldirar, unga Deyzi deb ism qo‘yib, kolbasa va go‘shtli konservalar bilan boqar edi.

Foto: «Domashniy ochag»
Odatda Tayler topshiriqlarni bajarayotganida it uni xonada kutib turadi va qaytib kelganida quvonchdan unga qarab yuguradi. Askarlarning ta’kidlashicha, Deyzi do‘sti kelgunicha uni qattiq sog‘inadi.

Foto: «Domashniy ochag»
Xizmat yakunlanib, uyga qaytish vaqti kelganida esa Taylerni bir narsa qiynay boshladi, unga Deyzini olib ketish huquqi berilmagan. Ammo AQSHga yetib borgan askar zudlik bilan Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikning oldini olish jamiyatining xalqaro bo‘limiga murojaat qilgan. Ularning yordami bilan Tayler kuchukni AQSHga olib borish va rasmiy ravishda uning egasi bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi. Deyzi egasi bilan ko‘rishish uchun deyarli 10 ming kilometr masofani bosib o‘tdi – avval Suriyadan Iroqqa, so‘ng Germaniya va nihoyat Nyu-Yorkka.

Foto: «smalljoys.tv»
Uchrashuv kutilganidan ham ko‘ra ko‘proq ta’sirli bo‘lgan. Deyzi Taylerni 3 oydan buyon ko‘rmayotgan bo‘lsa-da, darhol uni tanib, yuzini silay boshlagan. U egasi bilan salomlashishi bilanoq xursandligidan aeroport binosi atrofida yugurib ketgan. Quyidagi video orqali uchrashuvning bir qismini ko‘rish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Do‘stlar tashlab ketilmaydi»: Amerikalik askar qutqargan itini Suriyadan olib chiqishni qanday uddaladi? (foto, video)