07:00 / 16.01.2021
2 041

111 yoshni qarshilagan odam uzoq umr ko‘rish sirlarini ma’lum qildi

111 yoshni qarshilagan odam uzoq umr ko‘rish sirlarini ma’lum qildi
Foto: «Stanthorpeborderpost.com.au»
Yanvar oyida 111 yoshini nishonlagan Avstraliyaning eng keksa fuqarosi Dekster Kryuger o‘zining turmush tarzi haqida so‘zlab berdi.

«Nafas oling, kuniga uch mahal ovqatlaning, qarabsizki, vaqt o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi», — dedi otaxon hazillashib.

ABC telekanali uning so‘zlarini efir orqali namoyish etdi. Kryuger, shuningdek, ba’zi ovqatlanish odatlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
«Men qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘raman. Kuniga oltitalab qisqichbaqani paqqos tushiraman», — dedi u mahsulotning foydali ekanligini alohida ta’kidlab.

Avstraliyalik rekordchining aytishicha, kechki ovqatga ko‘pincha sardina balig‘idan sho‘rva tanovul qiladi.

U hayotdagi ko‘pgina vaziyatlarga istehzo bilan munosabatda bo‘lishini va ayni paytdagi faoliyati haqida gapirarkan hazil qilishni yoqtiradi.
«Ba’zan o‘tirib o‘ylayman. Ba’zida esa shunchaki o‘tiraman», — dedi u kulib.

Kryuger bir umr fermer xo‘jaligida ishlagan. 86 yoshida esa kitoblar yozishni boshlagan. Shu paytga qadar u she’r va xotiralardan iborat 12 ta to‘plamini chop etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 111 yoshni qarshilagan odam uzoq umr ko‘rish sirlarini ma’lum qildi