22:55 / 17.01.2021
4 006

Internetdan 1700 dollarga kurtka xarid qilgan ayol uni kiyib ko‘rgach, kulaverib «ichagi uzildi»

Internetdan 1700 dollarga kurtka xarid qilgan ayol uni kiyib ko‘rgach, kulaverib «ichagi uzildi»
Foto: Daily Star
Internet-do‘kon orqali 1700 dollarga qishki kurtka xarid qilgan amerikalik ayol mazkur ustki kiyimning bichimidan hayratda qoldi. Ayol bilan bog‘liq ushbu voqea Daily Star portalida paydo bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, The North Face va Maison Margiel’ning hamkorlikdagi kolleksiyasidan kurtka xarid qilishni istagan Rita Ekvere pul tejash maqsadida onlayn buyurtma berishga qaror qilgan. Rita qachonlardir ushbu ustki kiyimni brendlar sotiladigan do‘konda kiyib ko‘rganida unga juda ham yarashganini ta’kidlagan.

Qilgan buyurtmasi yetkazib berilganida Ekver qutining haddan ortiq katta ekaniga e’tibor qaratgan. Uni ochib qaraganida, kurtka uning o‘lchamidan ancha katta ekanini tushunib yetgan. Kiyib ko‘rganidan keyin o‘zini siyohrang pomidorga o‘xshab qolgandek his qilgan amerikalik ushbu kurtkani kiymasligini, bundan keyin ustki kiyimlarni do‘konda kiyib ko‘rganidan keyingina xarid qilishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Internetdan 1700 dollarga kurtka xarid qilgan ayol uni kiyib ko‘rgach, kulaverib «ichagi uzildi»