08:18 / 18.01.2021
2 217

Germaniyadan qaytgan Navalniy aeroportda hibsga olindi

Germaniyadan qaytgan Navalniy aeroportda hibsga olindi
Foto: Mstislav Chernov/AP
Aleksey Navalniy Germaniyadan Rossiyaga qaytib kelishi bilan aeroportda hibsga olindi, deya xabar berdi Jazolarni ijro etish federal xizmati.

«Sheremetevo aeroportida Jazolarni ijro etish federal xizmati tezkor boshqarmasi qidiruv bo‘limi xodimlari 2020 yil 29 dekabrdan beri qidiruvda bo‘lgan, shartli qamoq jazosiga hukm qilingan Aleksey Navalniyni sinov muddatini ko‘plab marta buzgani uchun hibsga olishdi», – deyiladi xabarda.

Dekabr oyida mamlakat tergov qo‘mitasi Navalniyga nisbatan katta miqdordagi firibgarlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Unda qayd etilishicha, Navalniy o‘zining loyihalari uchun xayriya shaklida to‘plangan 588 million rublning 356 milliondan ortig‘ini shaxsiy maqsadlari uchun sarflagan.

Navalniy Rossiyaga qaytish niyati haqida e’lon qilgandan so‘ng, Federal jazolarni ijro etish xizmati uni hibsga olishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyadan qaytgan Navalniy aeroportda hibsga olindi