22:46 / 18.01.2021
1 944

Yurolmaydigan odam nogironlar aravachasida osmono‘par binoga ko‘tarildi (foto)

Yurolmaydigan odam nogironlar aravachasida osmono‘par binoga ko‘tarildi (foto)
Foto: «Joinfo.ua»
Lay Chi-vay nogironlar aravachasida shahardagi eng baland shisha panelli osmono‘par binolaridan biriga ko‘tarildi, deb xabar berdi CNN.

Sportchi nogironlar aravachasini shkiv tizimiga ulab, tana kuchi yordamida 89 qavatli binoga ko‘tarila boshlagan. Shu tariqa u 10 soat ichida 250 metrdan ortiq balandlikka ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

10 yil oldin avtohalokat oqibatida 37 yoshli alpinistning belidan pasti falajlanib qolgan. Shunga qaramay, sport bilan shug‘ullanishni to‘xtatmagan. U toqqa chiqishda to‘rt marta Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan. Jahon chempionlari orasida esa sakkizinchi bo‘lgan.

Sportchi osmono‘par binoga ko‘tarilishni xayriya deb atadi. U shu tariqa umurtqa pog‘onasi shikastlangan bemorlarga yordam berishga ahd qildi. U qariyb 670 ming dollar (5,2 million Gonkong dollari) to‘pladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yurolmaydigan odam nogironlar aravachasida osmono‘par binoga ko‘tarildi (foto)