Foto: EPA/Vostock-photo
Xitoyda kecha, 18 yanvar sanasida COVID-19 koronavirusini yuqtirish bo‘yicha 118 ta yangi holat qayd etildi, kasallanishlarning 106 tasi mamlakat ichkarisida kuzatilgan. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga asoslanib «Interfax» xabar berdi.
Kecha koronavirus oqibatida o‘lim holatlari qayd etilmagan. O‘tgan yakshanba kuni mamlakatda 109 kishida koronavirus topilgandi.
Xitoyning shimoli-sharqidagi Szilin viloyati dushanba kuni koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylandi — shu kuni 43 nafar, bir kun avval 30 nafar yangi kovid-bemor aniqlandi.
Bungacha og‘irroq vaziyat mamlakat sharqidagi Xebey viloyatida yuzaga kelgandi. Kecha bu yerda 35 ta kovid-holat ro‘yxatga olindi. Pekin shahri Xebey hududida joylashgani bois ushbu viloyat tumanlarida yashovchilarga poytaxtga kirish taqiqlab qo‘yilgan.
Koronavirus pandemiyasi davrida Xitoyda jami 88 454 ta holat qayd etilgan, vafot etganlar — 4 635, sog‘ayganlar — 82,4 ming nafardan ziyod. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi