22:18 / 19.01.2021
2 290

Yevropa niqob o‘rniga respiratordan foydalanishga o‘tyapti

Yevropa niqob o‘rniga respiratordan foydalanishga o‘tyapti
Bavariya aholisiga niqob o‘rniga FFP2 sinfiga mansub respiratorlarni taqish buyurildi. Ushbu qaror koronavirusning yangi mutatsiyasi tarqalishi natijasida qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Deutsche Welle».

Endi Bavariya aholisi do‘kon, transport va boshqa jamoat joylarida yuqori himoyalash xususiyatiga ega nafas olish moslamalarini taqishi zarur. Bundan tashqari, hukumat xavf ostida bo‘lgan fuqarolarga bepul respirator olishlari uchun 34 million vaucher chiqarishmoqchi.

«The Guardian» nashrining yozishicha, 24 yanvardan talab nazoratga olinadi. Bunda avtobus haydovchilari, konduktorlar va 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun istisnolar qilinishi mumkin. Kelgusida respiratordan majburiy foydalanish Germaniyaning qolgan federal shtatlarida ham yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Xuddi shunday chora 25 yanvardan boshlab qo‘shni Avstriyada ham joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa niqob o‘rniga respiratordan foydalanishga o‘tyapti