11:30 / 21.01.2021
2 226

Jo Bayden Tramp yopgan darvozalarni ochmoqchi

Jo Bayden Tramp yopgan darvozalarni ochmoqchi
Foto: «Islamtoday»
Bugun AQSH prezidenti lavozimiga kirishadigan Jo Bayden inauguratsiyadan so‘ng darhol Donald Trampning migratsiya siyosatini yumshatish uchun bir qator hujjatlarni imzolamoqchi. Bu haqda prezidentning o‘tish davri jamoasi saytida ma’lum qilingan.

Xususan, Bayden Tramp tomonidan bir qator arab va Afrika mamlakatlari vakillarining AQSHga kirishiga qo‘ygan cheklovlarni bekor qiladi, Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatadi, AQSHga bolaligidan olib kelingan yoshlar uchun deportatsiyani kechiktiradi.

Bundan tashqari, Meksika bilan chegarada «boshqa mablag‘lardan devor qurilishiga sarmoya ajratilishini oqlash uchun bahona sifatida foydalanilgan» favqulodda holatning darhol tugatilishi e’lon qilinadi.

Shuningdek, devorni qurish loyihalarini moliyalashtirishning qonuniyligi va pudratchilarni tanlashda qo‘llaniladigan usullarning tahlili o‘tkazilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 2017 yil 27 yanvarda ayrim toifadagi shaxslar uchun AQSHga kirishni cheklovchi farmonni imzolagan edi. Mamlakatga Eron, Suriya, Liviya, Somali, Yaman va Iroq fuqarolari kirishi taqiqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden Tramp yopgan darvozalarni ochmoqchi